» » Osiyo o‘yinlari—2018. Akademik eshkak eshuvchilar O‘zbekistonga 7-bronzani taqdim etdi

Osiyo o‘yinlari—2018. Akademik eshkak eshuvchilar O‘zbekistonga 7-bronzani taqdim etdi


Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Palembang shahrida ham Osiyo o‘yinlari musobaqalari davom etmoqda.

Jumladan, akademik eshkak eshish sporti bo‘yicha O‘zbekiston termasi a’zolari ham bahslarda ishtirok etyapti. Biroz avval ?2000 metr masofaga juftlik bahslarida marraga Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalga, shuningdek, Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyev juftligi finalda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va Osiyo o‘yinlari—2018 ning kumush medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Hozirgina o‘zbekistonlik kvartetchilar 2 ming metr masofaga uchinchi bo‘lib yetib kelishdi va musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Delegatsiya medallari soni hozircha 17 taga(4 ta oltin, 6 ta kumush, 7 ta bronza) yetdi. Umumiy reytingda esa O‘zbekiston 7-o‘rinda!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют