» » Harbiylar Qurbon hayiti munosabati bilan Qariyalar va Mehribonlik uylarida bayramlar tashkil etdi

Harbiylar Qurbon hayiti munosabati bilan Qariyalar va Mehribonlik uylarida bayramlar tashkil etdi


Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Qurbon hayiti munosabati bilan Qariyalar uylarida yashayotgan nuroniylar hamda Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, Jizzax shahridagi harbiy qismlardan birida xizmat vazifasini o?tayotgan harbiy xizmatchilar shahardagi 29-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun haqiqiy bayram uyushtirib berdi.

“Hech kim mehr va e?tibordan chetda qolmasin” shiori ostida o?tkazilgan ushbu tadbirda Markaziy harbiy okrug, Jizzax harbiy prokuraturasi vakillari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida ma’ruzalar o?qildi, harbiy xizmatchilar tomonidan qo?l jangi san’ati namunalaridan ko?rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlar ham she’r aytish, raqsga tushish kabi mahoratlarini namoyish etib, mehmonlar olqishiga sazovor bo?ldi. Tadbir yakunida uyushtirilgan konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, bolajonlarga 160 dan ortiq badiiy va ertak kitoblar, maktab o?quv qurollari topshirildi. Ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi.

Qariyalar uyida yashayotgan nuroniylar bilan dildan suhbatlar uyushtirildi. Harbiylar bayram munosabati bilan ularga qimmatbaho sovg?alar ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют