» » Turizm qo‘mitasi Buxoro viloyatining logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Turizm qo‘mitasi Buxoro viloyatining logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi


Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan biloyat logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Siz o‘zingizni iqtidorli dizayner deb o‘ylaysizmi? Unda Buxoro viloyati turistik logotipini yaratish bo‘yicha ko‘rik-tanlovga marhamat!

Ko‘rik tanlov 2018-yilning 18-avgustidan 10-sentabrigacha davom etadi va ‘Eng yaxshi turistik logotip’ nominatsiyasi bo‘yicha loyihalar ushbu muddatda qabul qilinadi.

Buxoro viloyatining turistik logotipini yaratib pul mukofotlari yoki qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!”, — deyiladi xabarda.

“Eng yaxshi turistik logotip” nominatsiyasi bo‘yicha loyihalarni saralash quyidagi talablar asosida aniqlanadi:

Hakamlar hay’ati a’zolari turizm sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar hamda tarix, adabiyot fanlari proffesorlaridan tanlanadi. Buxoro viloyatining turistik logotipini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlov ishtirokchilari ro‘yxati viloyat ishchi guruhi tomonidan tuziladi.

Har bir ishtirokchi yoki g‘oya muallifi tomonidan bir nechta loyihalar taqdim etilishi mumkin. Tanlovda arizalarni topshirish va taqdimot qilish ishtirokchining shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

Tanlov shartlari bilan to‘liq holda qo‘mita saytida tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...