» » Tramp marhum senator Jon Makkeynni qahramon deb atashni taqiqladi

Tramp marhum senator Jon Makkeynni qahramon deb atashni taqiqladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uy ma’muriyatiga senator Jon Makkeynning o‘limi haqida rasmiy ma’lumot tarqatishni taqiqladi, deb xabar beradi The Washington Post.

Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders va Oq Uy apparati rahbari Jon Kelli tomonidan tayyorlangan hujjatda senatorning harbiy xizmatlari esga olinib, unga harbiy qahramon sifatida tavsif berish taklif qilingan edi. Tramp esa Twitter’dagi sahifasida qisqa ta’ziya bildirish bilan cheklandi.

Sanders Trampning pozitsiyasini tushuntirishdan bosh tortgan.

Jurnalistlarning taxmin qilishicha, Tramp Makkeynni o‘z siyosatini tanqid qilgani uchun yomon ko‘rib qolgan. Xususan, Makkeyn Trampning sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotini ham tanqid ostiga olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют