» » Somalidagi portlash qurbonlari soni 39 kishiga yetdi

Somalidagi portlash qurbonlari soni 39 kishiga yetdi


Somalining Mogadisho shahridagi bozorda portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil portlab ketishi natijasida kamida 39 kishi halok bo‘ldi, yana 47 kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters shaharning hodisa yuz bergan tumani meriga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Shahar hukumati aniqlik kiritishicha, portlovchi qurilma xudkush terrorchi tomonidan harakatga keltirilgan.

“Biz 39 kishining jasadini aniqladik, shuningdek, ko‘plab boshqa yaradorlar ham bor edi”, — dedi mahalliy tez yordam bo‘limi direktori. Tibbiy muassasa menejeri so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga 47 kishi keltirilgan.

Reuters’ga voqea guvohi aytib berishicha, portlashdan so‘ng bozor butunlay vayron bo‘lgan. Hozircha hujum uchun javobgarlikni mamlakat hududida faoliyat yurituvchi ekstremistik guruhlardan hech biri o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют