» » GM Uzbekistan endi elektron navbat bo‘yicha shartnomaga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etadi

GM Uzbekistan endi elektron navbat bo‘yicha shartnomaga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etadi


GM Uzbekistan AJ avtomobil savdo tizimida shaffoflikni ta’minlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi bo‘lim ishga tushganini ma’lum qildi. Uning yordamida xaridorlar avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (elektron navbat) bo‘yicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishib borishi mumkin.

Yangi bo‘limga quyidagi havola http://gmuzbekistan.uz/raspredelenie_kontraktatsii_po_zayavkam orqali o‘tish va unda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Avval ro‘yxatdan o‘tgan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga o‘z navbatining o‘zgarish jadalligni kuzatish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 10:56)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют