» » GM Uzbekistan o‘z avtomobillarini sotish tartibiga aniqlik kiritdi

GM Uzbekistan o‘z avtomobillarini sotish tartibiga aniqlik kiritdi


GM Uzbekistan avtomobil savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab savollarni inobatga olgan holda, kompaniya rasmiy veb-saytida sotuvga qo‘yilgan avtomobillar haqidagi ma’lumot dilerlik korxonalari va hududlar kesimida kundalik ravishda e’lon qilinib kelinishini eslatdi.

Ushbu havola orqali kontraktatsiya uchun taklif etilayotgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

Hozirgi kunda Matiz, Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti rusumidagi avtomobillarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Labo, Damas, Orlando, Malibu va Captiva avtomobillariga esa shartnoma olish uchun ariza rasmiylashtirish va uning holatini ushbu havola orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

GM Uzbekistan shartnoma olishga arizani rasmiylashtirish uchun xaridorlardan o‘zlariga qulay bo‘lgan dilerlik korxonasiga murojat qilishni so‘raydi.

Arizani rasmiylashtirish jarayoni hamda avtomobil savdosiga bog‘liq bo‘lgan (to‘lov turlari va shakllari, yetkazib berish muddatlari va h.k.) masalalar Avtomobillarni ichki bozorda sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomda batafsil yoritilgan bo‘lib, tanishish uchun ushbu havolada keltirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 10:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют