» » Ravshan Ermatov jamoasi bilan Xitoy Superligasi uchrashuvlarini boshqarmoqda

Ravshan Ermatov jamoasi bilan Xitoy Superligasi uchrashuvlarini boshqarmoqda


O‘zbekistonlik FIFA va OFK hakami Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo‘lib turibdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

26-avgust sanasida Ermatov brigadasi bilan Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo‘lgan “Changchun Yatay” va “Xebey Chayna Forchun” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni boshqardi. Murosasiz o‘tgan bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi.

Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupov yordam berdi. Endi Ravshan Ermatov jamoasi bilan navbatdagi turdan o‘rin olgan “Guanjou Evergrand” – “Shanxay Shenxua” uchrashuvda ham ishlaydi. Mazkur o‘yin 2-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Xitoy Superligasi

2-sentabr, yakshanba

Bosh hakam: R.Ermatov

Yon hakamlar: A.Rasulov, S.Shoyusupov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют