» » Osiyo o‘yinlari—2018. Sabina Toshkenboyeva O‘zbekistonga 14-kumush medalni taqdim etdi

Osiyo o‘yinlari—2018. Sabina Toshkenboyeva O‘zbekistonga 14-kumush medalni taqdim etdi


Bugun, 28-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

O‘zbekiston nomidan badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarida qatnashgan Sabina Toshkenboyeva kumush medal sohibasiga aylandi. U 4 ta chiqish bilan, umumiy 65.850 natija ko‘rsatdi. 1-o‘rin esa 66.800 natija qayd etgan qozog‘istonlik Alina Odilxonovaga nasib etdi. 3-o‘rinni xitoylik Yating Zao egalladi.

O‘zbekistonlik boshqa bir sportchi Nurinisso Usmonova esa 65.400 ko‘rsatkich qayd etdi. U jadvalning 4-pog‘onasiga joylashdi.

Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 32(6 ta oltin, 14 ta kumush, 12 ta bronza) taga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют