» » Singapurdagi NATAS Holidays turistik yarmarkasida O‘zbekiston turistik salohiyati namoyish etilmoqda

Singapurdagi NATAS Holidays turistik yarmarkasida O‘zbekiston turistik salohiyati namoyish etilmoqda


Singapurda NATAS Holidays 2018 yirik turistik yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Ushbu turistik yarmarkada “O‘zbekiston Respublikasi milliy stendi” ham tashkil etilib, mamlakat va Toshkent shahri turistik salohiyati ishtirokchilarga namoyish etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbir joriy yilning iyul oyida Singapur davlatida o‘tkazilgan VIII Butunjahon shaharlar sammiti va merlar forumi doirasida Toshkent shahar hokimligi turizmni rivojlantirish departamenti hamda Singapur sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi turizimni rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Turizimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma 19-sentabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют