» » O‘zbekiston va Eron adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Eron adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning 2018-yil 24-avgust kuni Qirg‘izistonnning Cho‘pon-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining oltinchi majlisidagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston va Eron adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va normalariga muvofiq huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashishdan iborat.

Memorandumga muvofiq inson huquqlari va fuqarolar erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish va o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi.

Shuningdek, Memorandumda konferensiya, seminar, leksiya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash amaliyoti, shuningdek yuridik adabiyotlar va boshqa nashrlar bo‘yicha axborot almashish, tomonlar adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan yaqinroq tanishish maqsadida delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish, Tomonlar bilan kelishilgan boshqa tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, imzolangan ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi va ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida huquqiy sohada samarali hamkorlik uchun huquqiy zamin yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют