» » Rossiyada 2 nafar bola muzlatgich ichida halok bo‘ldi

Rossiyada 2 nafar bola muzlatgich ichida halok bo‘ldi


Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Motiginskiy tumanida ikki nafar bola o‘yin chog‘ida muzlatgich ichida havo yetishmasligidan halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, fojia 27-avgust kuni yuz bergan. Uch yoshli bola xolasinikida mehmonda bo‘lgan. U xolasining to‘rt yoshli o‘g‘li bilan hovlida sayr qilgan.

Shu vaqtda bolalar xo‘jalik omboridagi ishlamaydigan muzlatgichning ichiga kirib olgan. Bolalar muzlatgich eshigini ichkaridan yopgan, biroq uni ichkaridan ocha olmagan va havo yetishmasligidan nafasi siqilib qolgan.

Qayd etilishicha, kattalar bolalar haqida kechqurunga kelib eslagan. Natijasiz qidiruvlardan so‘ng uchastka inspektorini chaqirishga qaror qilingan. Inspektor darhol muzlatgichga e’tibor qaratgan, biroq u vaqtda bolalar allaqachon halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют