» » O‘zbekiston OTMlarida o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston OTMlarida o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi


Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda 2018/2019-o‘quv yili joriy yilning 5-sentabridan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Avvalroq O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanishi ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-dekabr kungi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan 2018-yilda haftasiga 5 kun ishlovchilar 5 kalendar kuni, haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar esa ketma-ket 3 kun davomida dam oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют