» » Yangi yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston Prezidentining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi. Bu boradagi e’lon tashkilot saytida berildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, “fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida” 30, 31-dekabr hamda 2018-yilning 1, 2, 3, 4-yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilib, qo‘shimcha 24 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shundan o‘ntasi Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlaridir.

Qatnov grafigi quyidagicha. 30-dekabr kuni:

31-dekabr kuni:

2018-yil 1-yanvar kuni:

2-yanvar kuni:

3-yanvar kuni:

4-yanvar kuni:

2018-yil davomidagi boshqa bayramlar arafasida poyezdlar harakat jadvaliga kiritiladigan o‘zgarishlar qo‘shimcha tarzda e’lon qilib boriladi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют