» » O‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalishdagi poyezdlarga chiptalarni 50 foizlik chegirma bilan sotib olishi mumkin

O‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalishdagi poyezdlarga chiptalarni 50 foizlik chegirma bilan sotib olishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘quvchi va talabalar uchun temir yo‘l chiptalarini xarid qilishda chegirmalar belgilandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytida xabar berildi.

Joriy yilning  28-dekabr kunidan 2018-yil 10-yanvargacha o‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalishlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma asosida xarid qilishi mumkin.

Mazkur chegirma respublikamizning faqat mahalliy yo‘nalishlariga belgilangan. Shuningdek xalqaro yo‘nalishda qatnovchi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lmagan, hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlariga taaluqli emas.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun joylardagi temir yo‘l kassalariga, yoki quyidagi ilovada ko‘rsatilgan http://railway.uz/uz/interaktivnye_uslugi/spravochnye_telefony/ hududiy temir yo‘l ma’lumotxonalarining telefon raqamlariga murojat qilishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют