» » O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun uzun dam olish kunlari tizimi (Golden Week) joriy qilindi

O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun uzun dam olish kunlari tizimi (Golden Week) joriy qilindi


O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun taqvimga uzun dam olish kunlari tizimi (Golden Week) kiritildi, deb yozadi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Farmon mamlakat fuqarolariga sayohat qilish hamda boy madaniy-tarixiy meros va o‘ziga xos tabiiy resurslar  bilan tanishish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi, deyiladi xabarda.

Hujjatda ko‘zda tutilgan uch, to‘rt va besh kunlik dam olish kunlarida mamlakat bo‘ylab turistik sayohatlarni tashkillashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va litsenziyaga ega kompaniyalar tomonidan ichki turizmning qo‘shimcha sayohatlari va yo‘nalishlari tashkil qilinadi, shuningdek, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar tizimi joriy etiladi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют