» » Indoneziya—2018. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi rekordlarini yangilay oladimi?

Indoneziya—2018. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi rekordlarini yangilay oladimi?


Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Yana 2 kundan so‘ng musobaqalar yakuniga yetadi.

XVIII Osiyo o‘yinlariga 331 nafar sportchi bilan kelgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 49 ta medal mavjud. Shulardan 13 tasi oltin, 18 tasi kumush, 18 tasi esa bronza medallari. Umumiy reytingda esa delegatsiya 7-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston shu vaqtga qadar 6 ta Osiyo o‘yinlarida qatnashgan. Medal jamg‘arish bo‘yicha Guangjou—2010 musobaqasi o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli kelgan—jami 56 ta medal. Oltin medal borasida Pusan—2002 musobaqasi peshqadam. O‘shanda o‘zbekistonlik sportchilar o‘z hisoblariga 15 ta oltin medalni yozib qo‘yishgan.

Oldinda o‘zbekistonlik 7 nafar bokschining yarim final janglarida ishtirok etishi hisobga olinadigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan oltin jamg‘arish borasidagi ko‘rsatkich ham medal jamg‘arish borasidagi ko‘rsatkich ham yangilanishi mumkin.

Faqatgina umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallash borasida bunday fikr bildirib bo‘lmaydi. Sababi Eron hisobida hozirning o‘zida 19 ta oltin medali mavjud. Bu esa tabiiyki ko‘payishi mumkin. Quyida O‘zbekiston termasining 6 ta Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki bilan tanishishingiz mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют