» » Rossiyaliklar Korean Air biznes-klassini chet el aviakompaniyalari ichida eng yaxshisi deb topdi

Rossiyaliklar Korean Air biznes-klassini chet el aviakompaniyalari ichida eng yaxshisi deb topdi


Rossiyalik yo‘lovchilar Korean Air biznes-klassini chet el aviatashuvchilari orasida eng yaxshisi deb topdi. SKYPASS rag‘batlantirish dasturi “Yo‘lovchilarni rag‘batlantiruvchi eng yaxshi dastur” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi National Geographic.

Skyway Service Award Rossiya havo transporti federal agentligi ko‘magida o‘tkazilib, unda g‘oliblar ekspertlar tomonidan emas, yo‘lovchilar tomonidan aniqlanadi.

Korean Air dunyoning eng yirik 20 ta aviakompaniyasi qatoriga kiradi hamda SkyTeam global aviatsiya alyansi asoschilaridan biri hisoblanadi. Aviatashuvchi dunyoning 46 ta mamlakatining 130 ta shahriga reyslarni amalga oshiradi.

Yo‘lovchilar transfer reysini kutib turish davomida Seul bo‘ylab tekin ekskursiyalardan biriga yo‘l olishi yoki Inchxon aeroportida vaqt o‘tkazishi mumkin. Bu yerda ular tekin dush qabul qilishi, Koreya madaniyati muzeyi, konsert maydonchasi, dam olish xonasi, o‘nlab restoranlar va Duty Free do‘konlariga tashrif buyurishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют