» » Hasanboy Do‘stmatov mutlaq g‘alaba bilan Osiyo o‘yinlari finaliga chiqdi, navbat Mirazizga

Hasanboy Do‘stmatov mutlaq g‘alaba bilan Osiyo o‘yinlari finaliga chiqdi, navbat Mirazizga


Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha -49 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda xitoylik Zhonglin Vu raqiblik qildi. Hasanboy raqibi ustidan mutlaq 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval -52 kg, 60 kg va -69 kg vazn toifalaridagi Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov hamda Bobusmon Boturov yarim final janglarini o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, bugun yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют