» » Mudofaa vazirligida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston mustaqilligining yigirma 27 munosabati bilan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofoti va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bayram tantanasida mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekiston Prezidentining “Huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini o‘qib eshittirdi.

Ushbu farmon bilan mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun 16 nafar harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Mamlakatimizning ana shunday yuksak e’tiboriga sazovor bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini hamda Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizning qutlug‘ ayyomi, mustaqillikka erishgan kunimizning yigirma yetti yilligi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman”, — deya yig‘ilganlarni muborakbod etdi Abdusalom Azizov.

Farmonga ko‘ra, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari II darajali “Shon-sharaf”, “Mardlik” ordenlari hamda “Jasorat” va “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan tantanali ravishda mukofotlandi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir so‘ngida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga bayram shukuhini ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют