» » Samarqanddagi tashkilotlarda 31-avgust kuni ham ish kunimi?

Samarqanddagi tashkilotlarda 31-avgust kuni ham ish kunimi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 28-dekabr kuni “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida mamlakatda ilk bor yil davomida bayram kunlari dam olishi oldindan belgilab qo‘yilgan edi.

Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida 31-avgust kuni ham tashkilotlarda ish kuni hisoblanadi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha 31-avgust kuni viloyatdagi ayrim tashkilotlar har doimgidek o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Yoshlar ittifoqining Samarqand viloyat bo‘limida ham bugun ish kuni.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimligidagi ayrim xodimlarning talabi asosida Ittifoq yoshlari bugun ham ishga jalb qilingan. Ular bugunning o‘zidayoq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni keyingi oyga qoldirmasdan yopishi lozim ekan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, katta ehtimol bilan 1-sentabr kuni ham viloyatda ish kuni bo‘lishi mumkin. Yoki 1-sentabr kuni bir kunlik dam e’lon qilinib, tashkilotlar 2-sentabrdan yana ish faoliyatini davom ettirishi ehtimoli bor.

Qiziq, mustaqillik bayramida dam olish bir yil oldin ma’lum qilingan bo‘lsa nega viloyat hokimligi mutasaddi vakillari dam olish kunini ham ish kuni sifatida qaramoqda?

Axir prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish ekanligi alohida belgilab qo‘yilgan-ku? Yoki Samarqand viloyat hokimligida hamon byurokratik ruhda faoliyat yurituvchi xodimlar ham bormi?

Ma’lumot uchun Mustaqillik bayrami — 1 sentabr arafasida dam olish quyidagicha bo‘ladi:

Haftada 5 kun ishlovchilarga (ketma-ket 5 kun dam olish):

31-avgust, juma – qo‘shimcha dam olish kuni;

1-sentabr, shanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentabr, yakshanba — dam olish kuni;

3-sentabr, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni;

4-sentabr, seshanba — ko‘chirilgan dam olish kuni.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 121) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют