» » Jonni Depp o‘z advokatiga qarshi sudda yutib chiqdi

Jonni Depp o‘z advokatiga qarshi sudda yutib chiqdi


Gollivud aktyori Jonni Depp o‘z advokati bilan bo‘lgan sud ishida yutib chiqdi. Qisqa vaqt ichida u bankrotlik holatidan qutulishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Aktyor Ember Hyord bilan ajrashganidan keyin Jeyk Blumni sudga bergan. Aktyorning huquqiy maslahatchisi unga 18 yil davomida yordam bergan. Biroq huquqshunos Deppga va’da qilingan gonorarni so‘rab murojaat qilganda, aktyor unga sud da’vosi bilan javob qaytardi. Aktyor bir necha o‘n million dollar to‘lashni talab qilgan.

Aktyorning noroziligiga asos shundaki, u Jeyk bilan biror yozma kelishuv imzolamagan, og‘zaki kelishuvni esa haqiqiy emas deb hisoblash mumkin. Shu tariqa aktyor huquqshunosdan o‘zi to‘lagan barcha gonorarlarni qaytarishni talab qilgan.

Gollivudda og‘zaki kelishuv amaliyoti keng qo‘llaniladi, chunki aktyorda imkoniyatlart katta bo‘lmagan. Biroq sudya bu amaliyotga qarshi chiqqan va aktyorning yonini olgan.

Bu qadam bilan sudya Gollivudga og‘zaki kelishuvlardan voz kechib, yozma kelishuvlarni qo‘llash kerakligini ko‘rsatishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют