» » ZIL “ag‘dargan” darsliklar: Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi

ZIL “ag‘dargan” darsliklar: Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Saida Muzaffarova tumandagi 210-maktabda yuz bergan hodisa yuzasidan rasman uzr so‘radi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-maktab oldiga o‘quv darsliklari yuk mashinasida xuddi o‘tin yo qum-shag‘alni tushirgandek tashlab ketilgani, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Saida Muzaffarovaning murojaati bilan quyida tanishish mumkin:

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 210-umumta’lim maktabi, shu jumladan, maktab kutubxonasi ham 2018-yilda kapital ta’mirlanishi lozim edi. Shu bois kutubxona fondidadagi darsliklarga zarar yetkazmaslik maqsadida joriy yilning iyun oyidan kitoblar shu tumandagi Mirzo Ulug‘bek sanoat kolleji va 248-umumta’lim maktabida maxsus xonalarda saqlangan.

31-avgust kuni maktab direktori Dilfuza Saidmurodovaning topshirig‘i bo‘yicha maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahbuba Hayitova tomonidan Mirzo Ulug‘bek sanoat kollejidan darsliklarni qaytarib olib kelish uchun ko‘chadan og‘zaki kelishuv asosida ZIL yuk mashinasida (haydovchi va yuk mashinasining davlat raqamlari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q) yollangan.

Shu kuni soat 16:30 atrofida shu o‘quv yilida foydalaniladigan va utilizatsiya qilinadigan darsliklar kollejdan maktabga olib kelingan va to‘rt nafar ishchi yordamida tushirila boshlangan. Yuk avtomashinasi haydovchisi vaqti tig‘izligi va shoshayotganligi uchun kitoblarni tezda tushirish kerakligini aytgan.

Maktab direktori Dilfuza Saidmurodova va direktor o‘rinbosari Mahbuba Hayitovalar maktabda ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchilarni jalb qilish maqsadida binoga kirib-chiqayotgan vaqtda ZIL haydovchisi darsliklarning tushirilmagan bir qismini to‘kib yuborgan.

Shu kuni soat 21:00 gacha darsliklar maxsus ajratilgan xonaga olib kirib joylashtirilgan va ularga zarar yetmagan.

Yuz bergan noxush holat uchun 210-umumta’lim maktabi, Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi jamoasi maktab o‘quvchilari va ota-onalardan uzr so‘raydi.

Saida Muzaffarova, Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют