» » La Liga. “Real” 4 ta, “Barselona” esa 8 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Atletiko M” mag‘lub bo‘ldi

La Liga. “Real” 4 ta, “Barselona” esa 8 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Atletiko M” mag‘lub bo‘ldi


Kecha, 2-sentabr sanasida Ispaniya La Ligasi 3-tur bahslariga yakun yasaldi.

“Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Ueska”ni qabul qilib, yirik 8:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Mezbonlar tarkibida Lionel Messi va Luis Suares dublga erishgan bo‘lsa, Rakitich, Dembele va Alba ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol esa Pulido tomonida avtogol sifatida kataloniyaliklarga “sovg‘a qilindi”. “Ueska”ning gollari esa Ernandes hamda Aleks Galyar tomonidan kiritildi.

“Real Madrid” esa 3-turda “Leganes”ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklarning gollari Karim Benzema (2 ta), Garet Beyl hamda Serxio Ramos tomonidan kiritildi. Mehmonlarning javob goli esa Karrilyo tomonidan Tibo Kurtua qo‘riqlagan darvozaga joylab qo‘yildi.

“Atletiko Madrid” esa kutilmaganda safarda “Selta” 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Vigoliklarning gollariga Maksi Gomes hamda Yago Aspas mualliflik qildi.

La Liga

3-tur bellashuvlari

2-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 13 Marti, 1:1 – 16 Cherishev, 2:1 – 33 Marti, 2:2 – 52, penalti Parexo.

Gollar: 0:1 – 42, penalti Baptistao, 1:1 – 57 Baston, 2:1 – 59 Sobrino.

Gollar: 0:1 – 3 Ernandes, 1:1 – 16 Messi, 2:1 – 24, avtogol Pulido, 3:1 – 39 Suares,3:2 – 42 Aleks Galyar, 4:2 – 48 Dembele, 5:2 – 52 Rakitich, 6:2 – 61 Messi,7:2 – 81 Alba, 8:2 – 90, penalti Suares.

Gol: 1:0 – 80 Sanches.

1-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 46 Maksi Gomes, 2:0 – 52 Aspas.

Gollar: 1:0 – 17 Beyl, 1:1 – 24, penalti Karrilyo, 2:1 – 48 Benzema, 3:1 –61 Benzema, 4:1 – 66, penalti Ramos.

31-avgust, juma

Gol: 0:1 – 54 Stuani.

Gollar: 0:1 – 15, penalti Villian Joze, 1:1 – 26 Kardona, 2:1 – 90 Sharles.

“Atletik B” va “Rayo Valyekano” uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют