» » Poroshenko Rossiyani 30-sentabrgacha Do‘stlik shartnomasining to‘xtatilishi haqida xabardor qiladi

Poroshenko Rossiyani 30-sentabrgacha Do‘stlik shartnomasining to‘xtatilishi haqida xabardor qiladi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 30-sentabrgacha Moskvani 1997-yilda Rossiya bilan imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik haqidagi shartnomaning amal qilishi to‘xtatilishi haqida xabardor qiladi, deb yozadi “Liga.Novosti”.

“Shuni alohida ta’kidlaymanki, shartnoma bekor qilinmaydi, chunki bu murakkab va uzoq davom etadigan jarayon, balki u uzaytirilmasligi sababli amal qilinishini to‘xtatadi”, — dedi Poroshenko.

Shartnoma oxirgi marta 2008-yil oktabri boshida avtomatik tarzda uzaytirilgan edi. Uning amal qilish muddati 2019-yil 1-aprelda tugaydi.

Avvalroq tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Ukraina 30-sentabrgacha Rossiyani shartnoma amal qilishini to‘xtatish istagi haqida rasman ogohlantirishi kerakligini, aks holda u yana 10 yilga uzaytirilishini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют