» » O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi


Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Saudiya Arabistonida “At-Taavun” klubi mehmoni bo‘lgan “temiryo‘lchilar” 67-daqiqada Ignatiy Nesterovning xatosi sabab gol o‘tkazib yubordi. Posbon to‘pga yugurib chiqishda xatoga yo‘l qo‘ygandi. Qolgan daqiqalarda uning jamoadoshlari muvozanatni tiklashning uddasidan chiqa olmadi.

Ma’lumot uchun, “At-Taavun” Osiyo Chempionlar ligasida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Aslida bu jamoa musobaqada ishtirok etishi kerak emasdi. Biroq OFK “Al-Ittihod” futbol klubini turnirdan chetlatgach, Saudiya chempionatini 4-o‘rinda yakunlagan “At-Taavun”da xalqaro maydonda to‘p surish imkoniyati paydo bo‘ldi.

“Lokomotiv” esa Chempionlar ligasining 2016-yilgi mavsumida chorak finalga yetib borgan bo‘lib, guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgandi. Yil yakunida klubni Ivan Nagayev, Artur Gevorkyan, Nemanya Yanichich, Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov va Oliy liga to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov tark etdi.

“Lokomotiv” Saudiyadagi uchrashuvni sof hujumchisiz boshladi. Ikkinchi bo‘limga kelibgina maydonda Marat Bikmayev paydo bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 1-tur
20-fevral, dushanba

Gol: Talal Al-Absi, 67 (1:0).

“At-Taavun”: Sulton Al-Gamdi — Rikardo Machado, Talal Ali Absi, Abdulrahmon Al-Baraka, Jihod Al-Husayn, Muhammad Abusaban, Naif Muso, Mahmud Muaz, Alassan N’Diaye, Lusian Sanmarten, Ahmad Zain.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov — Shuhrat Muhammadiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Gnontcha Kone, Salim Mustafoyev, Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze (Salomat Qutiboyev, 86), Jaloliddin Masharipov,Sadriddin Abdullayev (Quvondiq Ro‘ziyev, 66), Oleg Zoteyev (Marat Bikmayev, 57), Sardor Mirzayev.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Bunyodkor” ham ayni vaqtda Saudiyada bo‘lib turibdi. “Qaldirg‘ochlar” 21-fevral kuni mahalliy “Al-Ahli” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют