» » AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan bayonot e’lon qildi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan bayonot e’lon qildi


Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotini keltirib o‘tdi.

“Prezident Tramp va Amerika xalqi nomidan 1-sentabr kuni mustaqillikning 27 yilligini nishonlayotgan O‘zbekiston xalqini samimiy muborakbod etaman.

O‘tgan 27 yildan buyon Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Bu yil men Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davrini shakllantirish uchun Vashingtonga qilgan tarixiy tashrifi davomida tanishdim. O‘zbekiston hukumati Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarini – 15 yildan ortiq vaqt ichida O‘zbekistonda faoliyat yuritishga guvohnoma olgan birinchi Amerika nodavlat tashkilotini – ro‘yxatdan o‘tkazar ekan, biz xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalar o‘sib borayotganiga guvoh bo‘ldik.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi. Biz kelgusida ham O‘zbekistonning barqarorligi, farovonligi va mintaqaviy hamkorligini qo‘llab-quvvatlashda xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar va mustahkam hamkorlik aloqalarini  davom ettirishga umid bildiramiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют