» » Belaruslik mutaxassislar O‘zbekistonga AES qurishda yordam beradi

Belaruslik mutaxassislar O‘zbekistonga AES qurishda yordam beradi


Belarusning loyihalash va qurilish tashkilotlari O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida ishtirok etmoqchi, deb yozadi Sputnik O‘zbekistondagi Belarus elchisi Leonid Marinichga tayanib.

“Belaruslik mutaxassislar nafaqat O‘zbekistonda AES qurilishida bevosita qatnashishga, balki texnika va uskunalarni yetkazishni ta’minlashga, konsultativ ko‘mak berishga, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirishga tayyor”, — dedi Marinich.

Diplomat ta’kidlashicha, belaruslik loyihalash va qurilish tashkilotlari atom energetika obyektlarini barpo etishda muayyan tajriba orttirgan. Xususan, rossiyalik sheriklar bilan hamkorlikda Belarus AES qurilishi yakunlanmoqda — birinchi energoblokni 2019, ikkinchisini — 2020-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston Belarusning Grodno viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishidagi tajribasi bilan qiziqib qolgan hamda Bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov boshchiligidagi delegatsiya Belarus AES axborot markazida bo‘ldi va bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют