» » Shahrisabzdagi maqom anjumani munosabati bilan yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Shahrisabzdagi maqom anjumani munosabati bilan yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi


Joriy yil 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro “Maqom-2018” san’at anjumani o‘tkazilishi munosabat bilan yo‘lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 6-sentabr kuni:

Urganchdan Toshkentga jo‘naydigan № 55-sonli poyezdning Kattaqo‘rg‘ondan Samarqandgacha;

Toshkentdan Termizgacha jo‘naydigan № 380-sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha;

Andijondan Urganchga jo‘naydigan № 393-sonli poyezdning G‘allaoroldan Ziyovuddingacha;

Toshkentdan Buxoroga jo‘naydigan № 662-sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha;

Sariosiyodan Toshkentga jo‘naydigan № 679-sonli poyezdning Kayirmadan G‘allaorolgacha bo‘lgan masofadagi harakat jadvali o‘zgartiriladi.

Shuningdek, 5—6-sentabr kunlari Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi № 766/765 -sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi.

Ushbu reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar kassaga murojaat qilishlari so‘raladi. Yo‘lovchilar mazkur poyezdlarga olgan chiptalarni boshqa poyezdga almashtirib, yoki foiz ushlamasdan chipta pullarini to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

Quyidagi kassalarga murojaat qilish mumkin:

Toshkent shahridagi yo‘lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga;

Samarqand shahridagi yo‘lovchilar“Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga;

Buxoro viloyatidagi yo‘lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va 3-sonli kassalarga;

Navoiy shahridagi yo‘lovchilar Navoiy vokzalidagi 3-sonli kassaga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют