» » O‘zbekistonda foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi

O‘zbekistonda foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Qaror faoliyat ko‘rsatmayotgan va foydalanilmasdan turgan obyektlar mulkdorlari, barcha darajadagi rahbarlarning mazkur obyektlardan oqilona va maqsadli foydalanilishi bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, korxonalarni faol xo‘jalik faoliyatiga jalb etish hamda shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar darajasida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar tuzildi.

2018-yil 15-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

a) davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlar o‘rnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan, ijaraga beriladi;

b) foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlari – yuridik shaxslarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi:

soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazish;

mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda to‘lash, 6 oy o‘tgandan so‘ng – besh karra, 12 oy o‘tgandan so‘ng va keyinchalik – o‘rnatilgan stavkaga nisbatan o‘n karra miqdorda to‘lashga o‘tkazish;

qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют