» » Angren shahrida 65 ta bo‘sh turgan obyektlar ishga tushiriladi

Angren shahrida 65 ta bo‘sh turgan obyektlar ishga tushiriladi


Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan xatlovlar Angren shahri hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo‘sh turgan 65 ta obyektlar mavjudligini ko’rsatmoqda, deb xabar beradi qo‘mita axborot xizmati.

Mazkur obyektlarning jami qurilish maydoni 110,1 ming kvadrat metrni, egallagan yer maydonlari 130,1 gektarni tashkil etadi. Ushbu obyektlar qatoriga sobiq “Angren non mahsulotlari zavodi”, sobiq “Kulol” AJ, sobiq “Sanoat qalin qog‘oz savdo” AJ, “Angrenenergotsvetmet”, “Nostandart uskunalar zavodi” kabi yirik ishlab chiqarish majmualari kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan.

Ushbu komissiyalarga avval xususiylashtirilgan korxona va obyektlarning qaytadan to‘la quvvatda va samarali ishlashini ta’minlash vazifasi yuklatilib, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishida amaliy yordam berish bo‘yicha ko‘plab vakolatlar berilgan.

Hozirda Angren shahridagi bo‘sh obyektlardan 40 tasi negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют