» » GM Uzbekistan yana qariyb 30 mingta avtomobilni sotuvga qo‘ydi

GM Uzbekistan yana qariyb 30 mingta avtomobilni sotuvga qo‘ydi


GM Uzbekistan AJ sentabr oyida shartnoma tuzadigan  xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligini ma’lum qildi.

Shundan – 3 523 dona Damas, 680 dona Labo, 108 dona Matiz, 2 145 dona Spark, 7 889 dona Nexia, 8 173 dona Cobalt, 5 522 dona Lacetti, 996 dona Malibu, 278 dona Captiva.

Har bir mijoz GM Uzbekistan AJ saytidagi ushbu havola orqali  kunlik tuzilgan shartnomalar ro‘yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin.

Saytdagi barcha ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boradi va kelasi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda kompaniyaning Call-markaziga +99871 141 77 77 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют