» » 10—11-sentabr kunlari Buxoroda “Agro Biznes Buxoro” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

10—11-sentabr kunlari Buxoroda “Agro Biznes Buxoro” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi


10—11-sentabr kunlari Buxoroda “Agro Biznes Buxoro” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “Daryo”ga xabar berdi. Tadbir qo‘mita hamda Buxoro viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Xalqaro forum xorijiy va mahalliy investorlar uchun Buxoro viloyatining investitsion salohiyatini namoyish qilish imkoniyatini beradi, bunda yangi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasi tomonidan taklif qilinadigan hamkorlik istiqbollariga urg‘u beriladi.

Tadbir doirasida ko‘rgazmalar, shuningdek, investorlar bilan B2B va B2G formatida biznes-uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, forum ishtirokchilari bilan “Buxoro-Agro” EIZga tashrif uyushtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “‘Buxoro-agro’ erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etiladigan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi tashqi bozorda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ta’minlaydigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishni ko‘zda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют