» » Toshkentda birinchi marta turizm sohasidagi investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tadi

Toshkentda birinchi marta turizm sohasidagi investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tadi


19—21-noyabr kunlari Toshkentda turizm sohasidagi birinchi Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Spot. Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan.

Forum turizm sanoati sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat turizm salohiyatini potensial investorlar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Forumda chet el kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.

1-oktabrgacha viloyatlar va poytaxt hokimliklari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi xorijlik investorlarga taklif etiladigan loyihalar taqdimotini tayyorlaydi.

Tadbir ishtirokchilari respublika hududlariga tashrif buyurib, investorlar uchun taklif qilinayotgan tayyor loyihalar bilan joyida tanishi mumkin bo‘ladi.

Ularni “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasi, Samarkand City va “Qadimiy Buxoro” sayyohlik zonalari, shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi kichik sayyohlik zonalari bilan ham tanishtirishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют