» » Rossiya turizm federal agentligi rahbari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga tayyorligini bildirdi

Rossiya turizm federal agentligi rahbari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga tayyorligini bildirdi


Moskvada bo‘lib o‘tayotgan MITT-2017 xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Sharopov Rossiya turizm federal agentligi rahbari O.Safonov bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Rossiya tomoni O‘zbekistonda turizm sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, davlat rahbari tomonidan turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlardan yaxshi xabardor ekanligini ma’lum qildi. 

Federal agentlik rahbariyati O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va ilgari surish uchun turli tadbirlarni tashkillashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, O.Safonov xorijiy sayyohlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikdagi turizm mahsulotlari loyihasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Tomonlar ikki davlat sayyohlik kompaniyalari hamkorligini mustahkamlash, ularning O‘zbekiston hamda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash haqida kelishib oldi. 

Опубликовано: admin (17-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют