» » Parijdagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdim etildi

Parijdagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdim etildi


Fransiya poytaxti Parijda 26—29-sentabr kunlari IFTM Top Resa xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti, Fransiya TIV rahbariyati, turizm ma’muriyati, Euronews va Eurosport telekanallari vakillari, Fransiya turimni rivojlantirish (Atout France), Texnik ko‘maklashish (ADETEF) agentliklari, mamlakatning yetakchi OAVi, yirik mehmonxona komplekslari va investitsiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Parij meriyasi tomonidan muntazam ravishda o‘tkaziladigan Le Village International de la Gastronomie gastronomiya festivalida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 40 ta davlat vakillari qatnashadigan ochiq maydondagi tadbirda o‘zbek oshpazlari milliy taomlarni tayyorlash mahoratini namoyish etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют