» » Trekli Chevrolet Camaro’ning tezligini soatiga 320 kilometrdan oshirishdi

Trekli Chevrolet Camaro’ning tezligini soatiga 320 kilometrdan oshirishdi


Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Chevrolet Camaro kupesining trekli modofikatsiyasi — ZL1’ning batafsil dinamik xususiyatlarini e’lon qildi, deb yozadi Motor. Sinovlari u soatiga 318 kilometrlik maksimal tezlikka erisha olishini ko‘rsatdi.

Camaro sinovlari Germaniyaning Papenburg shahridagi poligonda bo‘lib o‘tdi. Testlar chog‘ida Goodyear Eagle F1 Supercar 3 zavod shinalaridagi standart sportkar qo‘llanildi. Uning seriyali mashinadan yagona farqi haydovchining xavfsizligi uchun qo‘shimcha uskuna va salonga joylangan o‘lchash asbobi bo‘ldi.

Camaro 12,3 kilometrli trekni har ikkala yo‘nalishda bosib o‘tdi, uning maksimal tezligi dastlab soatiga 325 km, so‘ng — soatiga 311 kilometrni tashkil qildi. Ularning o‘rtacha qiymati yakuniy ko‘rsatkich deb qabul qilindi.

Bundan tashqari, sinovlar 10 pog‘onali avtomatik uzatish qutisi bilan ta’minlangan sportkar noldan soatiga 96 kilometrgacha 3,5 soniya ichida tezlasha olishini ko‘rsatdi.

Chevrolet Camaro ZL1 650 ot kuchiga teng kompressorli “sakkizlik” bilan jihozlangan. Model avvalgisidan 91 kilogrammga yengillashdi, yaxshilangan Magnetic Ride Control mexatron shassi, orqa differensial elektron blokirovkasi, Brembo tormoz mexanizmlari va 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют