» » O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitraji masalasi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitraji masalasi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi


6-sentabrda Adliya vazirligi hamda dunyodagi yetakchi xalqaro yuridik kompaniyalardan biri sanalgan Hogan Lovells kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida xalqaro tijorat arbitraji masalasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat sohasidagi mutaxassislari, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir ochilishida adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov so‘zga chiqib, mamlakat taraqqiyotining joriy bosqichida xalqaro tijorat nizolarini, xususan xalqaro tijorat arbitrajlarida hal etish alohida dolzarblik kasb etayotganligini, bu esa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mas’ul xodimlarining xalqaro tijorat nizolarini hal qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelayotganligini ta’kidladi.

Tadbir doirasida xalqaro darajadagi yetakchi mutaxassislar, Hogan Lovells kompaniyasi hamkorlari Maykl Deyvison, Aleksey Dudko va Djennifer Smit o‘zlarining arbitraj muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rish, arbitrajni samarali olib borish hamda xorijda aktivlarni izlab topish va ijroga qaratish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur masalalar arbitraj nizolaridagi eng murakkab masalalardan biri sanaladi hamda arbitraj muhokamasi tomonining manfaatlarini ifodalashda juda muhim jihat hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar mutaxassislarning xalqaro tijorat nizolarini hal qilish hamda O‘zbekiston va uning subyektlari manfaatlarini xalqaro miqyosda himoyalash darajasini oshishiga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют