» » O‘zbekiston vakili ilk bor Xalqaro arbitraj sudi sudyasi etib tayinlandi

O‘zbekiston vakili ilk bor Xalqaro arbitraj sudi sudyasi etib tayinlandi


BMT xalqaro tijorat huquqi bo‘yicha komissiyasining joriy yil may oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruh yig‘ilishida va iyun oyida bo‘lib o‘tgan 51-sessiyasiga Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti tijorat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Boboqulova delegat sifatida taklif etildi. Bu haqda Yoshlar Ittifoqining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etish joizki, ushbu komissiya yig‘ilishlarida O‘zbekistondan paytgacha delegat ishtirok etmagandi. Shuningdek, Feruza joriy yil 21-iyun kuni Xalqaro savdo palatasi qoshidagi Xalqaro arbitraj sudining butunjahon kengashida sud a’zosi etib tayinlandi.

O‘zi ham Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi bo‘lgan Feruza o‘tgan yil iyulidan beri Praelegal Uzbekistan yuridik firmasi yuristi va xalqaro bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda ishlash davri mobaynida firmaning boshqa yuristlari bilan birgalikda Xalqaro arbitraj sudida yo‘l qurilishi sohasida ikki xususiy kompaniya o‘rtasida yuzaga kelgan 22 million dollardan ortiq qiymatdagi ishning muvaffaqiyatli ko‘rib chiqilib, ijobiy hal bo‘lishiga erishdi. Shu bilan birga, ushbu sud tomonidan xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha tashkil qilingan maxsus kursda o‘qib, uni muvaffaqiyatli tugatdi.

Feruzaning xalqaro xususiy huquq hamda xalqaro tijorat arbitraji sohasidagi erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari yuqori baholanib, BMT komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mazkur arbitraj sudi xalqaro tijoriy bahslarni hal etish borasida eng nufuzli va samarali mahkama bo‘lib, uning hozirda dunyo bo‘yicha atigi 120 nafar sudyasi faoliyat yuritadi. Ulardan biriga aylangan Feruza Boboqulova endi Gonkongda ishlaydi va sudning plenar yig‘ilishlarida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют