» » Toshkent viloyatida bojxonachilar qayd etilmagan 12 ming dollar bilan chetga yo‘l olgan fuqaroni to‘xtatdi

Toshkent viloyatida bojxonachilar qayd etilmagan 12 ming dollar bilan chetga yo‘l olgan fuqaroni to‘xtatdi


O‘zbekiston bojxonachilari naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqilishiga doir qator bojxona qoidabuzarliklarini fosh qildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent viloyatining “Navoiy” chegara bojxona posti orqali respublikadan chiqib ketayotgan fuqaro Y.S.ning bezovtalanishi bojxonachilarda bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Bojxona ko‘rigi davomida ushbu shaxs cho‘ntaklaridagi 12400 AQSh dollarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, olib chiqmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Uning hamrohi E.M. ham tavakkalga qo‘l urib, 10 ming AQSh dollarini cho‘ntagi va sumkasiga joylagancha, bamaylixotir chiqib ketaman deb o‘ylagandi. Ammo uning bu o‘ylari bojxona postida puchga chiqdi.

Xuddi shunday holat viloyatning “Oybek” chegara bojxona postida ham fosh etildi. Mazkur post orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan chet el fuqarosi L.M. yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 140 ming Rossiya rublini olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent—Olmota” reysi bo‘yicha parvozga shaylangan qo‘shni davlat fuqarosi M.M.ga tegishli sumka belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida bildirilmagan 4924 AQSh dollari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni shu reysning yana bir yo‘lovchisi, qo‘shni davlat fuqarosi R.N. ham 5 ming AQSh dollarini sumkasiga yashirgancha, bojxona nazoratidan chetlab olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari, Respublikada doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishga ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют