» » Rafael Nadal “Real Madrid” prezidentiga aylanishi mumkin

Rafael Nadal “Real Madrid” prezidentiga aylanishi mumkin


Florentina Peres ispaniyalik tennis ustasi Rafael Nadalning yaqin kelajakda Madridning “Real” jamoasiga prezident bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda El Confidencial nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Peres Nadalni “Qirollik klubi”ning sodiq muxlisi hamda ajoyib elchi sifatida katta hurmat qiladi.

Ma’lumot uchun Rafael 2011-yildan e’tiboran “blankoslar”ning faxriy a’zosi hisoblanadi. “Real”ga prezident bo‘lish uchun kamida 20 yil davomida “Qirollik klubi”ning faxriy a’zosi bo‘lish lozim. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, Nadal faqatgina 2031-yilga borib, o‘z nomzodini klub prezidentligiga ilgari surishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют