» » Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining 5-majlisi o‘tkaziladi

Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining 5-majlisi o‘tkaziladi


13—14-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo‘yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Hindistonning nufuzli “aql markazlari”dan tashkil topgan delegatsiyaga Hindiston Tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar boshchilik qiladi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olim va ekspertlari ham ishtirok etadi.

Bo‘lajak forum chog‘ida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning joriy dinamikasi, barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan xavf va tahdidlar bilan birgalikda kurashish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining Hindiston bilan siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirish borasidagi dolzarb taklif va tavsiyalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют