» » O‘zbekistonda I va II guruh nogironligi bo‘lgan ayollarga 20, erkaklarga 25 yil ish staji bo‘lganda pensiya olish huquqi beriladi

O‘zbekistonda I va II guruh nogironligi bo‘lgan ayollarga 20, erkaklarga 25 yil ish staji bo‘lganda pensiya olish huquqi beriladi


Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda “Uy-joy kommunal xizmatlarni ko‘rsatish va aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgust kuni qabul qilingan qonunning maqsadi to‘lov intizomini mustahkamlashga, shuningdek, ayrim toifadagi I va II guruh nogironlariga imtiyozli pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan. Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritildi.

Jumladan, tegishli band bilan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan erkaklarga kamida 25 yil ish staji, ayollarga kamida 20 yil ish staji bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqi beriladi.

Mamlakatda 760 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar pensiya tarqatishda uchrayotgan kamchiliklar, noto‘g‘ri hisoblashlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qonunning 2-moddasiga muvofiq, Uy-joy kodeksining 134-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish majburiy to‘lovlar 3 oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda to‘xtatib turiladi, bundan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno.

Ushbu qonun qarzdorlikning oldini olish, kommunal soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki infratuzilmasini yaxshilash, sohaga yangi texnologiyalarni jalb etishga xizmat qilishi aytildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют