» » Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston termasi Toshkentda Eronga yutqazib qo‘ydi

Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston termasi Toshkentda Eronga yutqazib qo‘ydi


FIFA kunlari doirasida bugun, 11-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim golsiz durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa Mehdi Torabiy gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Qayd etish joiz, u o‘yinga zaxiradan qo‘shilgandi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi. O‘zbekiston termasi esa Ektor Kuper qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Bahsni qirg‘izistonlik Dmitriy Mashentsev boshqarib bordi. Unga qanotlarda hamyurtlari Bahodir Qo‘chqorov va Ismoil Tolibjonov yordam berdi.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi argentinalik mutaxassisning debyut o‘yinida Suriyaga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobidagi durang qayd etgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

11-sentabr, seshanba

O‘zbekiston—Eron 0:1

Gol: 0:1—67 Mehdi Torabiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 127) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют