» » ?Odil Ahmedov: “O‘yin davomida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik?”

?Odil Ahmedov: “O‘yin davomida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik?”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedov Eronga (0:1) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyingi fikrlari bilan bo‘lishdi.

O‘yin qiyin o‘tdi. Eron termasi baribir bizdan anchagina yuqoridagi jamoa. Ularga qarshi o‘yin shuni ko‘rsatib berdiki, biz o‘z ustimizda hali anchagina ishlashimiz kerak. O‘yin davomida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Buni vaqtlar davomida to‘g‘rilay olamiz. Suriyaga qarshi o‘yinda ham, Eronga qarshi uchrashuvda ham bir xil taktika, bir xil ko‘rsatmalar bilan o‘ynadik. Uslub va tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozircha yangi bosh murabbiyning o‘yin uslubiga to‘liqligicha moslasha olmadik. Shu boisdan, natijalarda biroz oqsadik. Ektor Kuper terma bosh murabbiyligiga kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shu boisdan barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Oldinda o‘rtoqlik o‘yinlari yetarlicha. Ushbu bahslar orqali Osiyo kubogiga yaxshi tayyorlana olamiz.

Odil Ahmedov, O‘zbekiston milliy termasi yarim himoyachisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют