» » Alisher Usmonov Toshkentda Xulio Iglesiasning bepul konsertini tashkil qildi

Alisher Usmonov Toshkentda Xulio Iglesiasning bepul konsertini tashkil qildi


Ispaniyalik taniqli qo‘shiqchi Xulio Iglesias o‘zining yubiley turini Toshkentda konsert berish bilan boshladi, deb yozadi UzNews.

Ijodining 50 yilligi sharofati bilan tashkil qilingan gastrol safari doirasida Xulio Iglesias 10-sentabr kuni Xalqlar do‘stligi saroyi sahnasida kuyladi.

Konsert taniqli metsenat Alisher Usmonov ko‘magida bo‘lib o‘tdi, chiptalar bepul tarqatildi. Ta’kidlanishicha, bu ispan qo‘shiqchisining o‘zbek muxlislari bilan ikkinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 28-dekabr kuni Xulio Iglesiasning o‘g‘li — Enrike Iglesias ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют