» » Yangi Apple Watch taqdim etildi: u EKG oladi va tez yordam chaqiradi

Yangi Apple Watch taqdim etildi: u EKG oladi va tez yordam chaqiradi


Apple kompaniyasi 12-sentabr kuni yangi iPhone’lar bilan bir qatorda, yangi Apple Watch soatini ham namoyish etdi, deb yozadi “Dojd”.

Romsiz dizaynli yangi model — Apple Watch Series 4 ikki xil — 40 va 44 millimetrli variantlarda taqdim etiladi.

Soat uni taqib yurgan odamning yiqilish holatini qayd etadi. Yiqilgandan keyin bir daqiqa ichida qimirlamasangiz, Apple Watch avtomatik tarzda yordam chaqirishi mumkin.

Series 4 elektrokardiogrammani amalga oshira oladigan yangi sensor bilan jihozlangan. Buning uchun korpusning yon tomonidagi g‘ildirakchani bosib turish kerak.

Soat kulrang, tillarang va kumushrang tuslarda chiqariladi.

Yangi tayanch model narxi 399 dollarga teng. U sentabr oxirida sotuvga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют