» » “O‘zbekgidroenergo” GESlar qurilishi uchun “Belaz”dan samosvallar sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

“O‘zbekgidroenergo” GESlar qurilishi uchun “Belaz”dan samosvallar sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 12-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJva “Belaz” OAJ o‘rtasida yirik hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati “Daryo”ga xabar qildi.

Bugungi kunda Belarusning “BelAZ”ochiq aksiyadorlik jamiyati avtomobil zavodi qurilish sohasida zarur bo‘lgan yirik qurilish texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi avtomobil zavodi hisoblanadi. 1948-yilda o‘z faoliyatini boshlangan avtomobil zavodi mana 70 yillik faoliyati davomida katta hajmdagi avtosamosvallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Zavod tomonidan ishlab chiqarilgantexnikalar yordamida qurilish sohasining turli yo‘nalishlarida keng foydalanib kelinmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda O‘zbekistonda “BelAZ” OAJning 700 dan ortiq turli rusumdagi avtosamosvallaridan foydalanilmoqda.

Dunyoga mashhur avtomobil zavodi hisoblangan “BelAZ” OAJ “O‘zbekgidroenergo” AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavod bilan hamkorlik zavod tomonidan ishlab chiqarilgan avtosamosvallar yordamida bugungi kunda jadallik bilan qurilish ishlari olib borilayotgan mini, kichik, o‘rta va yirik gidroelektrostansiyalarini qurish jarayonida foydalanib kelinmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Belarus mamlakatining yirik avtomobil zavodi “BelAZ” rahbari Parxomchik Petr Aleksandrovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv do‘stona, samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar almashdi. Uchrashuvda jamiyat tomonidan hududlarda qurilayotgan GESlar uchun hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan yirik “Pskom” GESining qurilishi uchun zarur bo‘lgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi og‘ir karyer samosvali, ya’ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va ularni yetkazib berish borasida kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida “O‘zbekgidroenergo” AJ va “BelAZ” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют