» » Toshkentda Made in Belarus ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Made in Belarus ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


2018-yilning 14—19-sentabr kunlari Toshkentda Made in Belarus ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda “BELAZ”, “MTZ”, “Belshina”, “Belarusskaya lesnaya kompaniya”, “Beryozastroymateriali”, “Adani”, “BelOMO”, “Konte SPA”, “Kommunarka”, “Belriba” va boshqa Belarus kompaniyalari qatnashadi. Bu haqda “Daryo”ga ko‘rgazma tashkilotchisi “Belinterekspo” xabar berdi.

Belarus prezidentining O‘zbekistonga sentabrga belgilangan tashrifi va shunga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Made in Belarus ko‘rgazmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka yangi turtki berishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida bir qator mavzuli ekspozitsiyalar taqdim etiladi. Mamlakatdagi yirik sanoat korxonalari qishloq xo‘jalik va kommunal texnika namunalarini, innovatsion elektrobuslarni, mudofaa majmuasi uchun ishlanmalarni namoyish qiladi.

Shuningdek, belorus olimlarining ilmiy-texnikaviy va innovatsion ishlanmalari, universitetlarning ta’lim dasturlari, bundan tashqari, Belarusda davolanish imkoniyatlari taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют