» » Dushanbeda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Dushanbeda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan mart oyining birinchi o‘n kunida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Made in Uzbekistan milliy sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi UzDaily. Ko‘rgazma doirasida ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi. Ko‘rgazma Dushanbe shahridagi “Manej” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma maqsadi — mahalliy sanoat kompaniyalari, innovatsion yutuqlar va investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda taqdim etish, ko‘rgazma qatnashchilarini respublika ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan keng tanishtirish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini ochib berish, investitsiya loyihalari uchun keng imkoniyatlarni ko‘rsatish, Tojikiston va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan shartnomalar tuzish.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi ikki blokdan iborat bo‘ladi.

Ko‘rgazmada “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zeltexsanoat” AK, “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” DK», “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zmetkombinat” AJ, Artel, Akfa, Akfa Lighting, Imzo, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zfarmsanoat” AK, “O‘zbekyengilsanoat” AJ, Turizmni rivojlantiri bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa kompaniyalar qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют